Sanʼatkorning umr yöllari
Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq artisti Olmaxon Hayitova tavalludiga 85 yil töldi
Betakror sanʼat maktabi asosçisi, özbek qöşiqçiligining yorqin namoyandasi Olmaxon Hayitovaning hayoti turfa xil hodisalarga boy tarzda keçdi. U 1940 yil 6 martda Xonqa tumanida oilaning oltinçi farzandi bölib dunyoga keldi. Uning otasi Hayitboy aka temirçi-usta, onasi Şukurjon opa oddiy uy bekasi bölgan.
Olmaxon Hayitovaning bolaligi haqida odamlar orasida turli xil gap-sözlar yuradi. Vohalik taniqli jurnalist Ğofur Otajonovning maʼlumotiga köra, yoş Olmaxon 6-7 yaşar paytida uni Xonqaning Şirin (hozirgi Olaja) qişloğida yaşovçi Xonim Dapan degan odam farzand qilib asrab oladi. Çunki Ikkinçi jahon uruşi endi tugagan davrlarda Hayitboy akaning oilasida serfarzandligi sabab moddiy qiyinçiliklar hukm surar edi.
Xonim Dapan oilasida Olmaxon qöy boqib, uy işlariga qaraşib, 12-13 yoşlarigaça yaşaydi.
Bu gaplarni Olmaxon Hayitovaning yaqinlari inkor qilmoqçi bölişadi. Biroq uning Xonim Dapan oilasida bir neça yillar yaşaganini tasdiqlaydigan va u bilan bir xonadonda yaşagan insonlar hali hayot ekan, haqiqatni inkor qilib bölmaydi. Olmaxon opa ham bu haqda oşkora gapirmagan, balki öz farzandini birovga berib yuborgan ota-onasining şaʼniga munosib bölmagan iş deya öylagandir. Nima bölganda ham u bolaligida qöy va mol boqib katta bölganini yaşirmagan.
— Yoşligimda qöy boqib yurib, katta bir tut daraxtiga suyanib uxlab qolibman. Tuşimda oppoq kiyingan nuroniy otaxon menga tor va kitob berdi. “Qizim, öqi va kuyla! Oq yöl senga!” — dedi u menga fotiha berarkan, — deb eslar edi Olmaxon Hayitova özaro suhbatlarimiz çoğida.
Ilkis uyğoniboq yoş qizaloq qölidagi çöponlik tayoğini tordek çalgan bölib qöşiq xirgoyi qila boşlaydi.
— Qiziq jihati şuki, men bolaligimda “r” harfini aniq aytolmas edim. Ana şu xosiyatli tuşni körib uyğongaç, aşula xirgoyi qila boşlaganimdan söng bu nuqson menda butkul yöqolib ketdi, — derdi Olmaxon Hayitova.
Sir emaski, aksariyat Xorazm ayollari şaddod va şijoatli bölişadi. Bu xislat ularga ot yeldirib yovni mot qilgan Törabekxonim yoki Göröğli bilan kuraş tuşib, uni yelkasi oşa yerga tortib urgan Xirmondali kabi ajdodlaridan ötgan bölsa ajab emas. Olmaxon Hayitova ham ösmirlik çoğlarida sportga juda qiziqqan. Dugonalarini xafa qilgan öğil bolalarga tanbeh berib qöyişga töğri kelsa, har doim yeng şimarib çiqqan. Ayniqsa, u velosiped haydaşni juda yoqtirgan. Maktab öquvçilari örtasida ötkazilgan velomarafon yoki musobaqalarda faol iştirok etib, viloyatda 1-örinni qölga kiritgan. Böyi yetib qolgaç, ota-onasi sportçi böliş qiz bolaga yaraşmaydi degan fikrda unga ortiq musobaqalarda iştirok qilişiga ruxsat berişmaydi. Ana şunday paytda u bor alamini qöşiqdan olmoqçi böladi. Tanaffus payti baland ovozda xirgoyi qilgan aşulalarini eşitib qolgan musiqa öqituvçisi Öktam Saidov uni maktabda faoliyat yuritayotgan badiiy havaskorlik tögaragiga jalb qiladi. Qisqa muddatda undagi iqtidor va qobiliyat köpçilikning eʼtirofiga sazovor böladi. Öquvçi qiz Olmaxon turli bayram va tadbirlarda maktab sahnasida, maktablararo bellaşuvlarda qöşiqlar kuylay boşlaydi. 10-sinfni bitirayotgan bir pallada u Moskvada ötkazilgan Butunjahon yoşlar festivalining faol iştirokçisiga aylanadi.
Qiziquvçanligi sabab Olmaxon Hayitova musiqa asboblarini çalişni örganişga qattiq harakat qiladi. Avval doira, keyin garmon, söngra esa tor çalişni puxta özlaştiradi. 19 yoşida taniqli hofiz Komiljon Otaniyozov bilan tanişgan kezlarda u torni jaranglatib çaliş qobiliyatiga ega xonanda sifatida Xorazmda biroz tanilib qolgan edi. Haqiqatan ham professional qöşiqçilikda u Markaziy Osiyoda ilk bor qöliga tor olib sahnaga çiqqan ayol xonanda sifatida sanʼat tarixining yorqin sahifalarini oçdi. Biroq bungaça uning Yonğin Mirzo qalamiga mansub “Onam derman” qöşiği radioeşittirişlarda yangrab, millionlab muxlislar olqişiga sazovor bölgan edi. Keyinçalik ustozi Komiljon Otaniyozov unga “Oşiq Ğarib va Şohsanam” dostonidan “Naylayin” aşulasini örgatadi. Yoş xonanda bu aşulani maromiga yetkazib kuylaydi. Hanuzgaça bu qöşiqning jozibasi köpçilikni maftun qilib keladi.
Komiljon Otaniyozov bilan tanişuv Olmaxon Hayitova hayotida yangi ufqlarni oçdi. Ustozi uni Yangiyöl teatriga xonanda sifatida işga taklif qiladi. Oradan tört yöl ötib, Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi özbek davlat filarmoniyasi qoşidagi “Xorazm” aşula va raqs ansamblida öz faoliyatini davom ettirdi. Bu yerda işlaş jarayonida köplab mamlakatlarda gastrol safarlarida böldi. Özining betakror ovozi bilan Şarq sanʼati ixlosmandlarini lol qoldirdi, olqiş va eʼtiroflarga sazovor böldi.
Olmaxon Hayitova keyinçalik özi poytaxtda “Özbekiston gullari” ansamblini taşkil qiladi. Bu yerda doirakaş sifatida faoliyat olib borayotgan Ruslan Madrahimov bilan ahdu paymon qilib oila quradi. Keyinçalik Ruslan aka huquqşunoslikka öqib, oliy maʼlumot olgaç, içki işlar sohasiga işga ötib, uzoq yillar turli lavozimlarda mehnat qildi. Er-xotin tört nafar farzandni tarbiyalab kamolga yetkazdi.
Ötgan asrning 60-yillarida Olmaxon Hayitova yana bir maşhur qöşiği bilan sanʼat şaydolari qalbini zabt etdi.
— Özbek adabiyoti va sanʼati dekadasi doirasida bir guruh özbek sanʼatkorlari bilan Turkmaniston poytaxti Aşxobodga konsert qöygani bordik. Mehmonxonada qölimga turkman şoiri Zaliliyning kitobi tuşib qoldi. Undagi bir şeʼr diqqatimni tortdi.
Sansan manim dilbarim,
Jonimning jononasi.
Ikki jahon sarvarim,
Könglimning koşonasi, —
deya boşlanuvçi şeʼrni yod olib, maşq qilib ötirgan edim. “Bu satrlarga nimadir yetişmayapti”, desam, Komiljon ustozning yana bir munosib şogirdi Matmurod Solayev: “Bari gal” yetişmayapti”, deb qoldi. U “bari gal” jumlasi turkmanlarga juda yoqib tuşişini aytib, uni har bir misradan söng radif şaklida takrorlaş zarurligini aytib qoldi. “Sansan manim dilbarim, bari gal”, deb kuylab körsam, juda zör çiqyapti. Qöşiqni sahnaga olib çiqqanimda turkman qardoşlarimiz örnidan tik turib qarsak çalib kutib olişgan edi, — deya hikoya qilgan edi Olmaxon Hayitova suhbatlarimizdan birida.
Özbek ayollari içidan yetişib çiqqan zabardast sanʼatkor sifatida Olmaxon Hayitova maqom va suvoralarni maromiga yetkazib kuylab, xalqning mehrini qozondi. U kuylagan mumtoz aşulalarni manaman degan erkak xonandalar ham qoyillatib kuylay olişi qiyin, aslida.
Taniqli sanʼatkor garçi “Özbeknavo” birlaşmasining Xorazm viloyat bölimini boşqargan katta rahbar bölsa-da, oilada oddiy ayol, mehribon ona, sariştali beka edi. U mehmonlarga özi taom tayyorlar va çoy damlardi. “Mehmon atoyi Xudo, nega ularga özim xizmat qilmay, nega savobdan quruq qolişim kerak?!” derdi. Uning turmuş örtoği Ruslan aka taniqli şoir Oşiq Erkinning ukasi edi. Har gal Erkin akaning tuğilgan kuniga borganimizda, Olmaxon opa barça yaqin qarindoşlar qatori mehmonlarga çoy taşib xizmat qilayotganini köp körardik.
El sevgan hofizaning öz onasiga mehri çeksiz bölgan. Şukurjon momo vafot etganida, Olmaxon qizi “Onam derman” aşulasini yiğlab, bözlab aytarkan, bir umrga onaizor bilan vidolaşgan.
Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq artisti, professor Olmaxon Hayitova 2014 yilning 1 yanvarida bu yoruğ olamni tark etdi. Uning mingga yaqin bir-biridan sara kuy-qöşiqlari xalqimiz qalbida bir umr saqlanib qoldi.
Erpölat BAXT,
jurnalist.
