Axborot xizmati “qalqon” xizmatmi?

“Hurriyat” gazetasining 2020 yil 23 sentyabr 33-sonida çop etilgan Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Norqobil Jalilovning “Haqiqat devor ortida emas yoki matbuot kotiblari qaçongaça öz rahbarini tanqiddan himoya qiladi?” degan maqolasini öqib, şu sohada bir muddat özim işlaganim bois, köng­limdagi gaplarni yozgim keldi. Tuman hokimliklarining axborot xizmati fao­liyati faqatgina tuman hokimi va sektor rahbarlarining “sayyor yurişlari”ni qadamma-qadam yoritiş hamda tumanda bölib ötgan turli darajadagi yiğilişlar bitiladigan jadvalni raqamlab, töldirib boradigan tuzilma emas, tizilmaga aylanib qoldi.

Bu bir xil qolipdagi xabarlar, fotosuratlar va hatto videolavhalarning ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilariga mutlaqo qiziği (ahamiyati ham, albatta) yöqligini qöyilgan postlarga bir neça odamgina munosabat bildirayotganidan ham bilsa böladi.

Aslida axborot xizmatlari hisobot uçun taşkil etilmagan, bölim hokimlikka murojaat qiladiganlarga, kelib tuşgan arizalar, markaziy naşrlar, rasmiy-ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tanqidiy xabar va lavhalarga tezkor javob qaytaruvçi xizmat bölişi kerak edi. Ammo negadir muammo qolib, ulardan biror blogerning mahalladagi mayda bir masalaga bildirgan tanqidiy pos­tiga tezkor ravişda munosabat bildirişi talab qilinayapti, xolos. Yana javoblar ham bir xil qolipda — “Rasmiy munosabat”, deb yuritilişi kişini ajablantiradi. Şuningdek, xorijiy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ham şu zayl rasmiy munosabat fonida xaspöşlanadi. Amalda esa heç bir muammo hal etilmayapti.

Albatta, fuqarolar yuzaga kelgan muammo bö­yiça avval mahalla mutasaddilariga, ular bartaraf qilolmasa hokimlikka  çiqişadi. Vaʼdalar berilgaç ham iş hal bölmagaç, buni xorijiy biror axborot vositasi sayti orqali kötarişga majbur bölişmoqda. Negadir şundan keyingina hokimlik “ğimirlab” qoladi, göyo masalaga jiddiy eʼtibor qaratayotgandek. Eng muhimi, oylab, yillab yeçim topmagan muammoga bir neça soatda yeçim topiladi, albatta, “rejalaştirildi”, “lo­yiha işlanayapti” kabi oxiri nomaʼlum vaʼdalar bilan.

Eng qiziği şundaki, markaziy bosma naşrlar, telekörsatuv va radio eşittirişlarda kötarib çiqilgan, yaʼni maʼlum hududdan yoritilgan tanqidiy çiqişlarga hokimlik va uning axborot xizmati sukut saqlaydi. Nega deganda, yolğon javob (aslida töğri javob topilmaydi, özini hurmat qilgan OAVlari yolğon xabarni yoritmaydi ham) berib qöysa, “pöstagini qoqiş”larini yaxşi bilişadi.

Şu maʼnoda, bugungi hokimlik axborot xizmatlari “jadval töldirişdan” taşqari, faqat blogerlar va xorijiy axborot vositalari bilan pinhona “kuraş” olib borayotgan (saytlar tarqatgan axborot rost bölsa-da, odamlar işonmaydi, şunday ekan, uning odamlarga qiziği ham yöq) tizilmaga aylandi. Respublika OAVlari ular uçun yöq hisobimi?

Yana bir fikr: ziyolilar orasida bugungi axborot xizmatlarining tom maʼnodagi jurnalis­tikaga aloqasi bormi? — degan savol paydo böldi. Menimça, yöq! Ularda işlayotganlarning aksariyati boşqa soha odamlari. Buni matbuotda öttiz beş yildan buyon işlayotgan jurnalist sifatida va aynan axborot xizmatida bir muddat işlaganim uçun qiyoslab aytayapman.

Aslida Prezidentimizning axborot xizmatlarini taşkil qilişdan maqsadi hokimliklarni mamlakat taraqqiyotiga, aholi farovonligiga xizmat qildirişdan iborat edi. Ammo hokimliklar bu tizilmani çindan ham özlarini himoya qiluvçi “qalqon”ga, matbuot kotiblarini esa “yugurdak”ka aylantirib olişdi.

Axborot xizmatidagilar nima ham qilsin, voz keçay desa, maoşi yaxşi, oila boqsa böladi, yöq-sa, “Aravasiga mingaç, qöşiğini aytişga majbursan”da, degan naqlga könib yuraveradi-da. Bu ketişda jamiyatda qaçon yuksaliş böladi? Şaffoflik pana-pastqamda qolib ketaveradimi? Şunisi açinarli…

Rözimboy HASAN,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan