Fotojurnalist böliş osonmas…

“Sirdaryo haqiqati” gazetasida işlagan kezlarimizda boş muharririmiz, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Saʼdulla Boqiyev (Alloh rahmatiga olgan bölsin) fotomuxbirlar olgan suratlarga jiddiy eʼtibor qaratar edilar. Adabiy öquv va rejalaştiriş jarayonlarida eng köp tavsiyani suratkaşlarga berardilar. U kişining nazdida gazeta sahifalariga qöyilgan har bir surat naşrni körimli qiliş bilan birga, gazeta muxlislarining eʼtiborini ohanrabodek öziga tortişi kerak edi.

Fotomuxbirlar mahorati haqida kuyinçaklik bilan aytilgan bir-ikkita voqea yodimga tuşdi.

Bahor. Ğözalar endi qöşquloq bölgan kezlar edi. Gazetaning birinçi sahifasiga paykallarda böy körsatgan nihol aks etgan surat joylaştirilişi rejalaştirildi. Muharrir suratkaşimiz Qöldoş Namozovga (joyi jannatda bölsin) maslahat berdilar:

— Nihollar tasvirda börtib körinsin! Aks holda, birinçi betning mavqeini tuşirib qöyamiz!

U paytlar gazetamiz haftasiga 5 marta çiqar, muxbirlar ham, suratkaşlar ham yelib-yugurib işlaşardi. Ertasi kuni gazetaning birinçi sahifasida muharrir tayinlagandek gözal surat çiqdi. Öşanda Qöldoş aka muharrirning topşiriğini risoladagidek bajariş uçun egatga uzala tuşgan köyi surat olgan ekan.

Yana bir misol. Muharririmiz gazeta sahifalarida köproq fotoetyudlar berilişiga eʼtibor qaratar edilar. “Yaxşi fotoetyudni tomoşa qilgan muştariy dilbar şeʼr öqiganday zavq oladi”, derdilar. Kundalik rejalaştirişlarning birida suratkaşlarga “Pravda” gazetasida çiqqan bir fotoetyudni örnak qilib körsatgandilar. Bolakayning çoptirayotgan holati kadrga muhrlangan edi. Fotoetyudga “Ne vыderjalsya” degan tagyozuv bitilgan edi. Hammamiz suratni tomoşa qiliş asno rosa zavqlanganmiz.

Öşa paytlari ikki bosma naşr — “Sirdaryo haqiqati” va “Sыrdarinskaya pravda” gazetalari örtasida raqobat bor edi. Kezi kelganda ikki gazetaning suratkaşlari bir-birining yumuşini qilib ketaverişardi. Bir gal viloyatimizga kinorejissyor Eduard Xaçaturov boşçiligida bir guruh “Özbekfilm” kinoaktyorlari taşrif buyurdi. Boyovut tumanidagi “2-Boyovut” xöjaligining dala şiyponida uçraşuv belgilandi. Tadbirni yoritiş uçun kamina va “Sыrdarinskaya pravda” gazetasining suratkaşi Viktor Vtyurin boradigan böldik. Özimizning suratkaşimiz topşiriq bilan boşqa tumanga ketgan edi. Uçraşuv boşlandi. V.Vtyurin suratga olyapti. Bir payt dala şiyponi yonida töxtab turgan traktorga osilgança şiypon ustiga çiqib ketsa böladimi? Tepadan çiqillatib suratga ola boşladi. Suratkaşning xatti-harakatini körib, paxtakorlar ham hayron qolişdi.

Ha, öşa paytlari Sirdaryoda öz işining ustalari bölgan talay fotojurnalistlar voyaga yetdi. Abduxoliq Törayev, Refat Jeparov, Oleg Kulikov, Oleg Soy, Raşid Samdinov şular sirasiga kiradi. Ulardan keyin Mamatkarim Abdumöminov, Narzulla Fayzullayev, Furqat Toşmatov, Bahrom Törayev kabi qator yoşlar ustozlari yoniga qöşildilar.

Bugunga kelib axborot texnologiyalarining jadal rivojlanişi oqibatida yetti yoşdan yetmiş yoşgaça barça suratkaşga aylandi. Eng zamonaviy raqamli fotoapparatlar, telefonlar suratkaşlar xizmatida. Biroq gazetalarda çop etilayotgan aksar suratlarda öziga xoslik, originallik, nafosat yetişmaydi. Köp hollarda çop etilayotgan suratlar statik (turğun) körinişda esdalikka olingan rasmlardek taassurot uyğotadi. Muştariylarda qiziqiş uyğotmaydi, taʼsirlantirmaydi. Taniqli fotojurnalist Dmitriy Frolov töğri taʼkidlaganidek: “Fotoapparati zör bölsa, suratkaş usta bölib qolmaydi. Balki, yaxşi fotoapparati bor kişiga aylanadi, xolos”, degan gaplari esga tuşadi. Nafsilamrini aytganda, zamonaviy fotoapparatlarning barça imkoniyatlaridan foydalaniş uçun fotojurnalistdan ançayin bilim talab qilinadi.

— Bosma naşrlar, saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarni muntazam kuzatib boraman, – deydi Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi, “Eng uluğ, eng aziz” respublika tanlovining sovrindori, professional suratkaş Mamatkarim Abdumöminov. — Keyingi paytlarda bosma naşrlarda çop etilayotgan suratlarning sifati ança tuşib ketdi. Birinçidan, professional suratkaşlar yil sayin kamayib bormoqda. Ularning örnini havaskor omma egallab oldi. Qolaversa, ilgarilari gazetalarning foto bölimida sohani tuşunadigan mutaxassis ötirardi. Rasmlarni sinçkov nazardan ötkazardi. Zamonaviy fotoapparatlarni kötarib yurgan suratkaşlarning barçasini professional deb bölmaydi. Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi fotojurnalistlarning boşini qöşib, mahorat darslari taşkil qilişi kerakmikan? Maqtaniş emas-u, poytaxtdan mehmonlar taşrif buyursa, ayrim naşrlarning viloyat böyiça muxbirlari: “Tasvirga olib bering!” deb meni çaqirişadi.

Mamatkarim Abdumöminov viloyatimizda foto körgazmasini taşkil qildi. Viloyat Maʼnaviyat markazi qoşidagi Fotosuratlar galereyasini ixlosmandlar tomoşa qilişdi. Mahorat bilan olingan fotosurat rassom möyqalamidan çiqqan sanʼat asaridan qolişmaydi.

“Mahoratingizni yoşlarga örgatsangiz, mahorat maktabingizni oçsangiz yoki “Barkamol avlod” markazlarida fototögarakni yuritsangiz bölmaydimi?”, — degan savolimizga: “Bu işlar mablağ bilan boğliq”, — dedi suhbatdoşimiz.

Darhaqiqat, “Barkamol avlod” markazlaridagi tögarak rahbarlariga juda kam maoş tölanadi. Lekin öz işining ustasiga har doim xaridor topiladi. Tuğilgan kunlar, töylar va boşqa maʼrakalarga M.Abdumöminovni çorlab turişadi.

— Bizda rassomlarning kataloglari, albomlari naşr etib turiladi. Biroq mohir fotojurnalistlarning ijodiy işlari bir muqova ostida çop etilganini eslolmayman. Rossiyada bu anʼana yaxşi yölga qöyilgan. Taniqli jurnalist Vasiliy Peskovning albomlarini tomoşa qilib, rosa zavqlanganman. Ona tilimizda boşlovçi suratkaşlarga yöl-yöriq körsatadigan metodik kitoblar anqoning uruği, — deydi M.Abdumöminov.

Xalqimizda “Usta usta emas, asbobi usta”, degan maqol bor. Uşbu naql har doim ham suratkaşlarga töğri kelavermaydi, şekilli. Fotoapparati zör bölsa-yu, surat oliş sirlarini bilmasa, muvaffaqiyatga erişolmaydi. Ayniqsa, u ommaviy axborot vositalarida işlasa… Bizning mulohazalarimiz şu…

Muhammadali AHMAD,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan