FUTBOLDAGI FALOKATLI YIL VA YÖLLAR

Özbek futbolining faxri sanalgan “Paxtakor” jamoasining 17 nafar aʼzosi aviahalokatga uçrab halok bölganiga 11 avgust kuni 44 yil böldi. Bu degani oradan salkam yarim asr ötdi. Hozir ularning nabiralari ham kamida yigirma, yigirma beş yoşga yetib qoldi. Bu davr oraliğida halok bölganlarning xotirasini abadiylaştiriş maqsadida ança-munça işlar amalga oşirildi. Ulğayib qolgan farzandlari, beva qolgan ayollari, aka-ukalari yöqlandi. Bu borada eslanadigan tadbirlar, voqealar köp böldi. Ammo… ammo şunisi borki,  jurnalistlar 44 yildan buyon “Paxtakor-79”ning 17 nafar aʼzosini xotirlaş uçun futbol jamoatçiligi, xorijdan kelgan mehmonlar va muxlislar Toşkent şahridagi “Botkina” qabristoniga töplanişdi, deya xabar berişadi.

Töğri, uşbu qabristonda 17 nafar futbolçi uçun ramziy yodgorlik örnatilgan. Ammo “Botkina”ga “Paxtakor-79”ning aviahalokat natijasida olamdan ötgan faqat 5 nafar aʼzosi dafn qilingan, xolos. Qolgan 12 nafarining xoklari ramziy bölsa-da, tuğilgan joylaridagi qabristonlarga kömilgan. Masalan, Sirojiddin Bozorov — Samarqand, Şuhrat Eşbutayev — Navoiy, Vladimir Sobirov esa Buxoro viloyatida mangu qönim topgan. Şu örinda bir savol tuğiladi: nima uçun viloyatlar hokimlari va futbolga aloqador rahbarlar, homiylar “Paxtakor-79”ning esda qoladigan kattaroq xotira tadbirlarini poytaxtdan çetdagi futbolçilar dafn qilingan qişloq yoki şaharlarda ham taşkil qilişmaydi? Mablağ yöqmi yoki ruxsat berilmaydimi? Töğrisini aytganda, biz 1979 yilda parçalangan SSSR tarkibida edik. 1991 yilga qadar xotira marosimlari şu tizim peşvolarining talabi, xohişi asosida nomigagina taşkil qilingan. Moskvadan yoki sobiq Ittifoqning boşqa respublikalaridan futbolçilar, mutasaddilar Toşkentga kelib, “Botkina”ga 17 ta gulçambar qöyişgan, “Paxtakor” bilan futbol “spektakl”ini namoyiş qilib, yeb-içib qaytib ketaverişgan. Bu aççiq haqiqatni sira inkor etib bölmaydi. Oradan yillar ötdi. “Paxtakor-79”ga qarşi öynagan sobiq Ittifoq  futbolçilari keksayib, kuçdan qolişdi. Vaziyatdan kelib çiqib, 11 avgust kuni Toşkentga keladigan MDH jamoasi faxriylar nomini oldi. Hozir ham ularning baʼzilari kelib ketişadi. Xöjakörsinga ösmirlar va yoşlardan iborat jamoalarni ham olib kelib, musobaqa ötkaziş keyingi yillarda anʼanaga kirdi. Ammo bundan özbek futboliga ham, marhum 17 nafar futbolçining yaqinlariga ham heç qanday naf yöq. Menimça, xotira tadbirining andozasini yangilaş kerak. Zamon, talab va avlodlar allaqaçonlar özgardi.

Yanglişmasam, “Paxtakor-79”dan Minskka (“Dinamo” jamoasi bilan uçraşuvga) olib ketilmagan 13 nafar futbolçi tirik qolgan edi. Yillar davomida ularning ham  9 nafari olamdan ötdi. Nima uçun uşbu futbolçilar ham “Paxtakor-79” aʼzosi sifatida yodga olinmaydi. “Paxtakor” öyingohi, futbol assotsiatsiyasi yoki boşqa joyda marhum futbolçilar uçun ramziy yodgorlik örnatilsa böladi-ku. Ular ham An, Çurkin, Zagumennix, Eşbötayev, Bozorov, Pakatilovlar bilan bir jamoada öynagan. Buni tarixdan öçirib bölmaydi. Xotiramizdan öçadigan bölsa, örnatilgan yodgorliklar, ötkazilgan tadbirlar, yozilgan kitoblar esimizga solib turadi. 2050 yilning odamlari “Paxtakor-79”da faqat 17 nafar futbolçi bölgan va ularning hammasi ikki samalyotning töqnaşuvi tufayli halok bölgan, degan fikrga kelmasligi uçun ham xotirlaş mazmunini qayta körib çiqiş kerak emasmi?

Ötmişda “Paxtakor” jamoasi tarkibida futbolni mukammal tuşunadigan va qo­yilmaqom öynaydigan şaxslar nihoyatda köp bölgan. Ulardan biri sözsiz Gennadiy Krasnitskiydir. U 1958 yildan 1970 yilga qadar 13 yil davomida Özbekistonning birinçi raqamli jamoasida öynab, oliy va birinçi ligalarda, kubok musobaqalarida raqiblari darvozasiga 142 bor töp kiritgan. “Paxtakor” tarixida birinçi bölib sobiq Ittifoq sport ustasi unvonini qölga kiritgan. Ammo mahoratli futbolçi sifatida tanilib boriş barobarida 20 yoşidan boşlab içkilikka berilganligi oqibatida 1960 yilda bir yil muddatga futboldan çetlatilgan.

Krasnitskiy öz davrida  sobiq Ittifoq çempionatidagi barça himoyaçilarni, darvozabonlarni kuçli zarbasi bilan qörqitib olgan yagona futbolçi sanalgan. Toşkentda Moskvaning “Spartak” klubiga qarşi uçraşuvda maydon markazidan kuçli zarba yöllab darvozani aniq nişonga olgan. Sobiq Ittifoq terma jamoasiga ham uç bor taklif qilingan. Biroq taassufki, içkilik va badjahllik uni futbolda qölga kiritişi mumkin bölgan juda köp unvonlardan, mukofotlardan mahrum qilganligi bor gap. Töğri, hozir bu gaplarni aytiş, bugun gapiriş ehtimol şart emasdir. Lekin yorqin yulduzlarni öz hayoti, kerak bölsa, fojialari bilan qabul qilişimiz kerak. Sababi soxta gaplar, yolğon “kötar-kötar”larsiz ham ular sportimizning haqiqiy yulduzlari edi. Biz esa borini — boriça qabul qilişni endi örganişimiz şart. Bu noxuş tafsilotlarni kamina bir futbol muxlisi sifatida keltiryapman. Gennadiy Krasnitskiy 1988 yil Tojikistonning Qörğontepa şahrida ikki jamoa öyiniga inspektorlik qilib bölgandan söng fojiali tarzda olamdan ötgan. Oradan köp ötmay uning rafiqasi, farzandlari ham vafot etişadi. Şunday mahoratli futbolçining nomidan, oilasidan bugun asar ham qolmadi. Qaçonlardir uning futboldagi betakror gollari, abjirligi, mard va tantiligi, elparvarligi töğrisida kitob ham naşr qilingan edi. Ammo bu kitob oz nusxada çop qilinganligi tufayli hozir juda kam futbol işqibozlarining qölida qolgan.

Meni bir narsa köp öylantiradi: 2030-2040 yillarning avlodi Krasnitskiyning kimligi bilan ham qiziqmasa kerak. Ros­ti, millionlar öyini bölgan futbolning işqibozlari bor ekan, marhum paxtakorçilar eslab turilişi, heç bölmasa, eslatib turilişi kerak. Xöş, ularning nomini özimiz keyingi avlodlarga eslatib turolmaymizmi? Bu qölimizdan keladi. Faqat masalaga adolat va hafsala bilan yondaşsak bas. Nima bölganda ham G.Krasnitskiy Özbekistonning XX asrdagi eng yaxşi futbolçisi, deya tan olingan. 2006 yilda ölimidan söng “Şuhrat” medali bilan mukofotlangan. Bu rasmiy hujjatlarda bayon qilingan. Keyingi 100 yillikdagi avlodlar buni, albatta, bilişlari lozim.

“Paxtakor”da Birodar Abduraimov, Tölagan Isoqovlar bilan birga mohirona töp surgan yana bir futbolçi – Hamid Rahmatullayevning taqdiri ham ming afsuski, fojia bilan tugagan. U 1942 yilda Toşkentda tuğilib, respublikamizning boş jamoasida 192 ta uçraşuvda maydonga tuşib raqiblari darvozasini 20 bor aniq nişonga olgan. Taqdirning beşafqatligini qarangki,  Rahmatullayev aynan kuçga tölgan çoğida avtohalokatga uçrab, 1978 yil 36 yoşida vafot etgan.

Özbekiston öz mustaqilligiga erişgaç, terma jamoamiz futbolçilari  Vatanimiz nomidan xalqaro maydonda töp sura boş­ladi. Jamoamiz 1994 yil Yaponiyada bölib ötgan Osiyo öyinlarida  ilk oltin medallarni qölga kiritib, Osiyo çempioni bölgan edi. Öşa paytda terma jamoamiz murabbiyligi Rustam Akramovga işonib topşirildi. Osiyo qitʼasida “Futbol professori”, deya nom çiqargan Akramov ham, afsuski, bugun oramizda yöq. Uning qöl ostida terma jamoamizning Osiyo öyinlaridagi ğalabalariga munosib hissa qöşgan Uluğbek Rözimovning nasibasi ham hayotdan juda erta uzildi. Uluğbek 1968 yil Xorazm viloyatida tuğilgan edi. “Paxtakor” safida salkam 100 bor maydonga tuşgan. Özbekiston terma jamoasidan 23 bor taklif olib, ikki marta raqiblar darvozasini işğol qilgan. Beşafqat ölim bu hamyurtimizni ham juda erta, yaʼni 36 yoşida oramizdan olib ketdi.

Şonli “Paxtakor” hamda terma jamoamiz tarkibida özgaça iştiyoq bilan töp surgan futbolçilar orasida Nikolay Şirşovning örni  bölakça edi. Şirşov yoş bölişiga qaramasdan poytaxt jamoasi tarkibidan 159 uçraşuv ötkaziş barobarida darvozabonlarni 16 bor doğda qoldirgan. Terma jamoamiz tarkibida uç bor Osiyo çempionati musobaqalarida qatnaşib, özidan munosib iz qoldirgan. Ming bor afsuslar bölsinki, Nikolay Şirşov ham 2021 yilning 28 dekabrida 47 yoşida yurak xastaligidan vafot etadi.

“Paxtakor-79” haqida gap ketar ekan, 11 avgust kuni Gennadiy Krasnitskiy, Hamid Rahmatullayev, Rustam Akramov, Uluğbek Rözimov, Nikolay Şirşov kabi taqdiri fojiali keçgan, oramizdan erta ketgan futbolçilarni ham xotirlagimiz keladi. Ustoz jurnalist, tajribali hakam, xassos şarhlovçi, özbek futbolining fido­yisi, marhum Axbor Imomxöjayev nomini ham “Paxtakor” va terma jamoamiz bilan boğlaymiz. Uşbu buyuklarimizning xizmatlari ham özbek futboli tarixidan öçib ketmasligi şart.

Ha, muxtasar aytganda, 1979 yildan to 2022 yilga qadar futbolimizda erişilgan natijalar bilan birga yöqotişlar ham yuz berganligini bugun heç kim inkor etmaydi. Ularning hammasiga birgina maqolada töxtaliş, taʼriflaş va tahlil qiliş juda qiyin. Qissadan hissa şuki, tarixni töliq bilmasdan va tiklamasdan futbolni rivojlantirib bölmaydi. Bu borada xöjakörsinga iş qiliş ham heç qanday naf keltirmaydi.

Normurod MUSOMOV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan