
 |
|
 |
|
Muammo va tanqid
CHINOZDA ZAMONAVIY BOZOR MAVJUD
24 Noyabr 2009 09:37
lekin taajjubki, yarim yildan buyon uning o‘rniga mutlaqo sharoiti yo‘q joyda noqonuniy ravishda buyum bozori faoliyat ko‘rsatmoqda...
Chinozlik tadbirkor ¢ayrat Ahmedov bundan ikki yil muqaddam “Chinoz savdo invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etib, xayrli ishga qo‘l urganida, keyin ovora-yu, sarsongarchiliklarga duch kelishi tushiga ham kirmagan bo‘lsa kerak. G'.Ahmedov bankdan 500 million so‘m kredit olib, zamonaviy, kishining havasini keltiradigan savdo majmuasini qurdi. Hokimlik ham tadbirkorni qo‘llab-quvvatladi, sobiq tuman hokimi N.Muhammedov 2007 yil 10 iyuldagi 368-qarori bilan qurilish uchun yer ajratdi, barcha shart-sharoitlar yaratildi. Ammo yarim yildan oshdiki, katta mablag‘ evaziga barpo etilgan buyum bozoriga ixtisososlashgan savdo majmuasi bo‘sh turibdi. to`liq
173 marta o`qilgan
|
UY ASLIDA KIMNIKI?
22 Oktabr 2009 11:58
2003 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudiga da’vogar Iroda Djurabekova javobgarlar Ozoda Xolmatova, Ilhom Xolmatov va Qibray tumani hokimiyatiga nisbatan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish, hokim qarorini bekor qilish hamda mulkka egalik huquqini tasdiqlash haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qiladi va ushbu da’vo arizasi 2003 yil 10 noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilib, sudüya A.Muhiddinov tomonidan ajrim qabul qilinadi va ishni ko‘rish 2003 yilning 18 noyabriga belgilanadi.
Ushbu ish bir necha marotaba sudlarda ko‘rilgan bo‘lsa-da, ishga aloqador tomonlar yuqori idoralarga ariza yozishda davom etmoqda. to`liq
169 marta o`qilgan
|
QALBI BUTUN BOLAKAY
22 Oktabr 2009 11:42
“Beparvolik ming turli sitamlarning sababchisidir”, degan ekan mumtoz shoirlardan biri Abdurahmon Jomiy.
Avtobusdaman. Har xil odam, turli qiyofalar orasidan bir oyog‘i son qismidan kesilgan, qo‘ltiqtayoqqa tayangan, ko‘zlari porlab turuvchi bolakay e’tiborimni tortdi. Uning ko‘zlarida g‘am uchqunlari yo‘q, u atrofdagi odamlarga qiziquvchan nigoh bilan qarardi. Shu tob avtobus tebranishi natijasida bolakay o‘rta yoshlardagi bir ayolga turtinib ketdi. Ko‘rinishidan ziyoliga o‘xshaydigan ayol “Ko‘zingga qaramaysanmi?”, deya o‘shqirgancha kiyimining bola badani tekkan joyini (aslida hech qanday chang tekkani yo‘q) qoqa boshladi. to`liq
241 marta o`qilgan
|
Ijtimoiy-siyosiy hayot
SAYLOV SAVODXONLIGINI OSHIRISH YO‘LIDA
24 Noyabr 2009 10:53
Xabaringiz bor, joriy yil 27 dekabrda mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga va mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlar o‘tkaziladi. Ushbu siyosiy tadbirni har tomonlama yaxshi o‘tkazish uchun ayni kunlarda butun respublikamizda ishlar qizg‘in olib borilmoqda.
uni alohida ta’kidlash joizki, mustaqilligimizning o‘tgan yillari davomida demokratiya talablariga to‘liq javob beradigan saylov tizimiga asos solindi. Siyosiy partiyalar, fuqarolarimizning saylov jarayonida faol, erkin qatnashishlarini ta’minlash uchun barcha tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratildi va saylov huquqlarini amalga oshirishning kafolatlari qat’iy ta’minlandi. Eng asosiysi, vatandoshlarimizning fuqarolik mas’uliyati, siyosiy, ijtimoiy faolligi oshdi, atrofida kechayotgan voqealarga munosabati keskin o‘zgardi. Shu o‘rinda bir misolni aytib o‘tish joiz. to`liq
149 marta o`qilgan
|
TILIMIZ — TARIXIMIZ, G'URURIMIZ, OG'RIG'IMIZ...
24 Noyabr 2009 10:18
Ona so‘zi naqadar ulug‘, mo‘’tabar. Siz-u, biz so‘zlashadigan tilimizni ham ona so‘zi bilan bog‘laymiz, e’zozlaymiz. Sababi ayon: dunyoga kelib ilk eshitgan so‘zimiz, tinglagan allamiz, “tilimiz chiqqani”da onamiz o‘rgatgan so‘z — shu til, ona tili! Modomiki tilimiz ona nomi bilan bog‘liq ekan, uning qadri, sharafi yuksak bo‘lishi tabiiy. Axir onamizni haqoratlashlariga yo‘l qo‘ymaganimizdek, tilimizning kamsitilishiga, noo‘rin buzilishiga ham jim qarab turib bo‘lmas. Uning har bir so‘zi, har bir jumlasi — o‘zimizniki. Shunday ekan, ona tilimiz sofligi uchun hamisha qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz tayin.
Quyida e’lon qilinayotgan maqolalarda ham tilimizga bo‘lgan ehtirom, uning mavqei va ayrim muammolari bayon etilgan.
Lug‘at — tilning ko‘zgusi to`liq
192 marta o`qilgan
|
QONUNBUZILISHLAR ANIQLANDI...
24 Noyabr 2009 10:13
“...Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi ish yurituviga 2008 yil 25 noyabrü kuni da’vogar B.T.Djabborovning javobgar Z.Ergasheva uning oila a’zolariga nisbatan turar joydan ko‘chirish haqidagi da’vo arizasi kelib tushgan bo‘lib, mazkur da’vo yuzasidan fuqarolik ishini mazmunan ko‘rib chiqish uchun 12.12.2008 yil kuni soat 10:00 ga tayinlangan.
Javobgar Z.Ergasheva sud chaqiruv qog‘ozlariga asosan sud majlisiga bir necha marotaba, xususan, 12.12.2008 yil, 22.12.2008 yil va 25.12.2008 yil kunlari uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagani sababli, ushbu fuqarolik ishi 2008 yil 25 dekabrü kuni O‘zbekiston Respublikasi FPKning 224-moddasiga asosan sirtdan ko‘rib chiqilib, da’vogar B.T.Djabborovning da’vo talablari qanoatlantirilib, javobgar Z.Ergasheva va uning oila-a’zolarini boshqa turar joy bermasdan Chirchiq shahar, 3-mikrorayon, 57-uy, 3-xonadondan ko‘chirish haqida sirtdan hal qiluv qarori chiqarilgan. to`liq
148 marta o`qilgan
|
Xalqaro voqealar
BOZORDA PORTLASH
22 Oktabr 2009 12:04
Tailandning Yala muzofotidagi gavjum bozorlardan birida kuchli portlash ro‘y berdi. Manbada keltirilishicha, mototsiklga o‘rnatilgan portlovchi uskuna uyali aloqa telefoni orqali harakatga keltirilgan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda mazkur xunrezlik oqibatida 24 kishi turli darajada jarohatlangan.
Hozirda hech bir terrorchi guruh ushbu voqea bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q. to`liq
174 marta o`qilgan
|
100 MILLIARD DOLLARLIK DA’VO
14 Oktabr 2009 17:53
“YUKOS”ning Amerikadagi “Yukos International” sho‘’ba kompaniyasi Rossiya hukumatidan 100 milliard dollar talab qilib, Evropa sudiga murojaat qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar tarqatdi. Manbada aytilishicha, ushbu da’vo Strasburg sudi tarixidagi eng katta da’vo hisoblanadi. “Yukos International” rahbari Bryus Mizamorning bildirishicha, “YUKOS”ning bankrot deb e’lon qilinishi tufayli kompaniyaning 55 ming nafar aksiyadorlari manfaatlariga jiddiy ziyon yetganini ta’kidladi. to`liq
158 marta o`qilgan
|
G8 KENGAYADIMI?
02 Oktabr 2009 11:12
Joriy yilning 8-10 iyulü kunlari Italiyaning Akvile shahrida katta sakkizlik davlatlari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Siyosatchilarning ta’kidlashicha, sakkizlik rahbarlari uchrashuv kun tartibidagi asosiy masalalardan biri jahon iqtisodiy inqiroziga qarshi kurash masalasida bir to‘xtamga kela olmaganlar. Chunki sammitga hech bir rahbar inqirozdan chiqish bo‘yicha aniq bir dastur bilan tashrif buyurmagan. Shu yil ko‘klamda Londonda bo‘lib o‘tgan G 20 uchrashuvida ham ushbu muammo asosiy muhokama mavzusi bo‘lgan, ammo o‘z yechimni topmagan edi. to`liq
179 marta o`qilgan
|
Huquq
HUQUQIY MADANIYAT RIVOJI
10 Dekabr 2009 10:22
Yaqinda “Navro‘z” nikoh uyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentabrdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. to`liq
133 marta o`qilgan
|
ISH HAQI UNDIRIB BERILDI
24 Noyabr 2009 10:02
Zomin tuman prokuraturasi tomonidan Zomin tibbiyot birlashmasiga qarashli “E.Xotamov” qishloq vrachlik punkti hamshirasi G.Suyarqulovaning oylik maoshi berilmayotgani haqida “Hurriyat” mustaqil gazetasiga yozgan arizasi (“Hurriyat”, 2009 yil 26 avgust, 36-37 son) o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro G.Suyarqulova Zomin tibbiyot birlashmasiga qarashli “E.Xotamov” qishloq vrachlik punktida 0,5 stavkada patronaj hamshirasi vazifasida ishlab kelmoqda.
Tekshirish davomida patronaj hamshirasi G.Suyarqulova 2008 yilning noyabrü va dekabrü oylari, 2009 yilning mart, aprelü va may oylari uchun ish haqini olmagani aniqlandi va uning 287 ming so‘m maoshi to‘liq undirib berildi. to`liq
124 marta o`qilgan
|
FUQARO MUROJAATIGA IKKI XIL E’TIBOR
24 Noyabr 2009 09:49
Gazetamizning shu yil 5 avgust kungi sonida chop etilgan fuqaro I.Nurmanovaning xatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining 2008 yil 25 dekabrdagi hal qiluv qarori ijrosi amalga oshirilmayotgani va bu masalada u sudga qatnab ovora bo‘layotgani bayon qilingan edi.
Ushbu maqolaga ko‘p o‘tmay fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi raisi vazifasini bajaruvchi B.Djamilovadan (hozirda fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi raisi o‘rinbosari — Tahririyat). munosabat bildirilgan xat keldi. U kishi o‘z xatida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi sudyalarning faoliyatiga biron-bir tarzda aralashish mumkin emasligi haqidagi Bosh qomusimiz va “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun talablarini keltirib, “maqolada jurnalist qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarori yuzasidan mulohaza yuritib, uning ijroga qaratilganligi fakti bo‘yicha tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan sud hujjatining qonuniyligiga shubha uyg‘otish maqsadida faktlarni buzib ko‘rsatib, kinoya va tahqirlash ohangida sud tizimini uquvsizlikda ayblamoqchi bo‘lgan” degan xulosaga kelgan va tahririyatdan raddiya berishni talab qilgan. to`liq
138 marta o`qilgan
|
Beshinchi ummon
MEHRING QANI, MEHRIBONIM?
24 Noyabr 2009 10:45
Siz mehr ko‘rganmisiz, mehr bulog‘idan qonganmisiz? Mehr nimaligini bilasizmi? Hayotingiz davomida mehr ko‘chalaridan hech o‘tganmisiz? Mehr ko‘chasining tarovatidan bahramand bo‘lganmisiz? O‘zingiz ham birovga mehr ko‘rsatganmisiz? Keling, savollarga jo‘yali javob topguningizcha Sizga mehr haqida bilganlarimdan, ko‘rgan-eshitganlarimdan andak so‘zlay.
“Mehr” so‘zi lug‘atlarda yozilishicha, quyosh, oftob degan ma’noni anglatarkan. Aslida ham mehr so‘zi aytilganda, mehr ko‘rsatganda quyosh harorati, oftob charaqlaganday bo‘ladi. Qalblarda, ko‘zlarda o‘z-o‘zidan mehr tafti alanga oladi. Xalq maqolida aytilganidek, “Ko‘z ko‘zga tushsa mehr qo‘zg‘alar”. Haqiqatan ham mehrning ildizlari ko‘zda bo‘ladi. to`liq
171 marta o`qilgan
|
“GO‘ZALLIK SALONI”MI “PARDOZXONA”?
24 Noyabr 2009 09:54
Shaharlarda, tuman markazlarida “Go‘zallik saloni” deb nomlangan maishiy xizmat xonalari ko‘paygandan ko‘payayapti. Sababi – talabgor ko‘p. Kelin bo‘ladigan qizlarning bari bu bezakxona mijozi. To‘y oldidan bo‘yanish, bezaklanish qizlarning, ayniqsa kelin bo‘lg‘usi qizlarning urfiga aylandi. Hatto qishloqlarda ham shunaqa pardozxonalar paydo bo‘lmoqda. Pardoz-andoz uchun uzoq yo‘l bosib shaharga kelishga na hojat. Axir, qishlog‘ingda ana shunday maskan bo‘lsa, bo‘ldi-da. Bular – masalaning mohiyatiga unchalik daxli bo‘lmagan gaplar.
Bilasizmi, “Go‘zallik saloni” – nima degani? Bu nom qanday paydo bo‘lgan? to`liq
153 marta o`qilgan
|
“HURRIYAT”DA “HANDALAK”
22 Oktabr 2009 11:30
“Handalak” ko‘rsatuvi mualliflari — Ortiq Sultonov va Zokir Ochildiyevlar keyingi paytda ekranda kam ko‘rinib qoldi. Bu muxlislarni e’tiborsiz qoldirmaydi, albatta. Shuning uchun bo‘lsa kerak, “Handalak”chilar ijod qilishni bo‘shashtirgan ko‘rinadi” degan xayolga borganlar ham yo‘q emas. Yaqinda Ortiq Sultonov tahririyatimizga kelib o‘z ijodidan namunalar taqdim etdi. to`liq
178 marta o`qilgan
|
Ma'naviyat
ZANGIOTA ZIYORATGOHINING SIRI
24 Noyabr 2009 10:56
Biror taniqli kishi haqida gap ketganda, odatda so‘z avvalida uning qachon, qayerda tug‘ilgani zikr etiladi. Ammo dunyoda umri sir-sinoatlar bilan o‘tgan, har bir daqiqasi afsonalarga, rivoyatlarga mengzaladigan shunday insonlar borki, ularning tarjimai holini tavallud sanasidan boshlash kamlik qiladi. Islom olamida mashhur valiy va karomatgo‘y inson Zangiota Himmatiy ham ana shunday zotlardan hisoblanadi. Bu zotning nomi nafaqat Movarounnahr, balki Xurosonda ham mashhur bo‘lib, doimo ehtirom bilan tilga olingan. to`liq
186 marta o`qilgan
|
«BAXTLI AYOL DESA HAQLI XALOYIQ»
24 Noyabr 2009 10:26
Inson bolasiga na zamon, na davr tanlash huquqi berilgan. O‘zbek zaminiga o‘n to‘qqiz yoshida qadam qo‘ygan uyg‘ur qizi Shohida Shohimardonovaning butun hayoti, ijodiy kamoloti O‘zbekistonda kechdi.
Bugun muborak yoshga qadam qo‘ygan bu ijodkor ayol taqdirida tub burilishlar yasagan qator ijtimoiy-siyosiy voqealarga qaramay, o‘zining shaxs sifatida shakllanishi, uyg‘ur elining birinchi bastakor ayoli degan nomga sazovor bo‘lishini davrning ajoyib tuhfasi deb qabul qiladi. U YUrtboshimizning farmoniga ko‘ra 1993 yili «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi», 1998 yili «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. to`liq
149 marta o`qilgan
|
OLIMNING NURLI UMRI
24 Noyabr 2009 10:10
Yaxshi insondan yaxshi xotiralar qoladi. Fidoyi olimning ilm-fanda yangilik bo‘lib kirgan ilmiy-izlanishlari esa uning sermazmun umr yo‘lidagi shamchiroq misol porlab turadi.
Mashhur fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi Ubay Orifov ham ana shunday zahmatkash insonlardan biri edi. U Qo‘qon paxtachilik instituti assistentligidan fanimizning sardori, nafaqat o‘z yurtimiz, balki jahonga tanilgan akademik olim darajasigacha bo‘lgan mashaqqatli va faxrli hayot yo‘lini bosib o‘tdi. to`liq
145 marta o`qilgan
|
Jurnalistika
MUXBIR “KATTA ODAM”MI?
24 Noyabr 2009 10:07
yoki gazeta o‘qimaslikdan ham maqtanish mumkin
Bir tashkilotning tadbirida qatnashish uchun borsam, viloyat televideniyesidan ham hamkasblar kelishgan ekan. Yig‘ilish boshlanguncha ular bilan suhbatlashib o‘tirdim. Shu payt tashkilot boshlig‘i kimgadir qo‘ng‘iroq qilib, “Tezroq yetib keling, muxbirlar ham kelib kutib o‘tirishibdi”, deb tayinladi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay taklif etilgan o‘sha rahbar keldi. Yig‘ilganlar bilan salomlashib bo‘lgach, stulga o‘tirarkan:
— Etib kelgunimcha juda shoshiltirdingiz-da, muxbirlar keldi deb. Ular shunaqa katta odammi-a? — dedi nopisand ohangda.
O‘sha rahbarning gapidan ancha vaqtgacha ta’sirlanib yurdim. Shu sabab o‘zim bevosita guvoh bo‘lgan bir voqea ko‘z oldimdan o‘tdi. to`liq
131 marta o`qilgan
|
IXTISOSLAS’HUV
22 Oktabr 2009 11:39
jurnalistika sohasining takomiliga xizmat qiladi
Prezidentimiz Islom Karimov tas’habbusi bilan 2005 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulütetida tas’hkil yetilgan Oliy jurnalistika kurslari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu kurslarning tinglovchilari jurnalistikaga iqtidori bo‘lgan va OAVda materiallari bilan qatnas’hib kelayotgan bos’hqa soha mutaxassislari bo‘lib, ular ikki yil davomida jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha chuqur bilim olib, amaliyot mas’hg‘ulotlarini o‘tkazadilar, malaka va mahoratlarini os’hiradilar. Kurslarni bitirgach, ularga magistrlik maqomi beriladi. to`liq
163 marta o`qilgan
|
“GAZETANGIZ QAYSI KUNI CHIQADI?”
14 Oktabr 2009 17:28
(Matbuotimizda mualliflar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi ayrim muammo va yechimlar xususida)
Ma’rifatparvar bobolarimizdan bo‘lmish Mahmudxo‘ja Behbudiy mualliflar bilan ishlash, xat yozish shartlari haqida ham yozgan edi. Jumladan, buyuk ma’rifatparvarning “Kitobat ul-atfol” (Bolalar maktubi) asarida bu haqda shunday deyiladi:
— Kotib (bu o‘rinda mualliflarni ham nazarda tutish mumkin — A.R.) har muddaoni yozmoqchi bo‘lganda, o‘shal muddaoni o‘zi yaxshi tushunib, so‘ngra yozishi kerak.
— O‘zi bilmaydurg‘on lug‘atni mumkin qadarincha yozmasun.
— Har til va lug‘at so‘zini o‘z qoida va imlosi ila yozmoq lozim.
— Xalq orasinda butun unutulg‘on eski forsiy kalimalarni qasddan yozishi, o‘quvchilar zehnini tashvishg‘a solmaslik behroqdir.
Xatni kamso‘z, serma’no yozmoq kerak. Har bir xatni o‘qib ko‘rib, ba’dinda yuborilsin. to`liq
147 marta o`qilgan
|
|
|
 |
|
 |
|
Izlash

|